O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 33% oshdi

O’zbekistonga 2 oyda 1,77 million mehmon keldi.
2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga qariyb 1,77 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 441 ming kishi yoki 33% ko‘plikni tashkil qiladi.
Sayyohlar asosan qo‘shni davlatlardan tashrif buyurmoqda. Eng ko‘p mehmon kelgan davlat — Qirg‘iziston (521 ming kishi), keyingi o‘rinlarni Tojikiston (469 ming) va Qozog‘iston (386 ming) egalladi.
Kuchli o‘ntalikka shuningdek: Rossiya (123 ming), Afg‘oniston (83 ming), Turkmaniston (51 ming), Xitoy (49 ming), Turkiya (24 ming), Hindiston (9 ming) va Janubiy Koreya (5 ming) kirdi.