O‘zbekistonlik haydovchilar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonlik haydovchilar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonlik fura va avtobus haydovchilari uchun Bolgariyada ishlash imkoniyati yaratilmoqda.

Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ish haftasi 6 kundan iborat bo‘lib, oylik maosh 2 ming AQSh dollaridan boshlanadi. Ish hajmiga qarab daromad miqdori oshib borishi mumkin.
Ish beruvchi asosan fura va avtobus haydovchilarini ishga qabul qiladi. Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar — 20 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklar bo‘lishi hamda rus tilida erkin muloqot qila olishidir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ish beruvchi bilan suhbatlar 2026-yil mart–aprel oylarida tashkil etiladi.
Mazkur ish taklifiga qiziqish bildirgan fuqarolar maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilish mumkin: 95-933-99-90.
O‘zbekistonlik haydovchilar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda | 12news