O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyada ishlaydi: yangi loyiha ishga tushdi

O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyada ishlaydi: yangi loyiha ishga tushdi

O‘zbekistonlik avtobus haydovchilari uchun Yaponiyada ishlash imkoniyati yaratilmoqda. Migratsiya agentligi tashabbusi bilan mahalliy haydovchilarni tayyorlash va ularni xorijga ishga joylashtirishga qaratilgan yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbus doirasida Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev hamda Yaponiyaning Willer Express kompaniyasi rahbari Hirayama Koji va Onodera User Run vakili Kato Jun o‘rtasida uch tomonlama kelishuv imzolandi.
Kelishuvga muvofiq, O‘zbekistonda Yaponiyaga ishlash uchun avtobus haydovchilari tayyorlanadi. Shu maqsadda Toshkent shahrida maxsus o‘quv poligoni qurilishi rejalashtirilgan.
Amaliy mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish uchun Yaponiyadan o‘ng boshqaruv tizimiga ega avtobuslar olib kelinadi. Bu esa haydovchilarning Yaponiyadagi yo‘l harakati sharoitlariga moslashishini osonlashtiradi.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar Angren shahrida 8 oylik bepul o‘quv kursini tamomlaydi. Kurs davomida ularga zarur nazariy va amaliy ko‘nikmalar beriladi.
Ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan haydovchilar Yaponiyada ish bilan ta’minlanadi. Ularning oylik daromadi $1200 dan $2000 gacha bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Willer Express kompaniyasi Yaponiyaning turistik va yo‘lovchi tashish sohasidagi yetakchi operatorlardan biri bo‘lib, mamlakatning deyarli barcha hududlarida xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyada ishlaydi: yangi loyiha ishga tushdi | 12news