O‘zbekistonlik turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan kelgan har bir sayyoh uchun $100 dan beriladi

O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida yangi subsidiyalar joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Malayziya va Indoneziyadan O‘zbekistonga olib kelingan har bir sayyoh uchun turoperatorlarga $100 subsidiya beriladi.
Kelgusi ikki yil davomida “Umra plyus” dasturi doirasida ushbu ikki mamlakatdan 100 ming nafar ziyoratchini jalb etish rejalashtirilmoqda. Subsidiyalar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi.
Yil oxirigacha Turizm qo‘mitasi Malayziya va Indoneziyadan sayyoh olib kelgan turoperatorlarga to‘lovlarni amalga oshiradi. To‘lovlarning aniq tartibi bir oy ichida tasdiqlanadi.
15-yanvardan boshlab ushbu davlatlarda “O‘zbekistonda Ramazon” va “Imom Buxoriy izidan” nomli targ‘ibot kampaniyalari boshlanadi. Shuningdek, Milliy turizm platformasida “Umra plyus” paketlarini onlayn sotish yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Kuala-Lumpur va Jakartadan Samarqand yoki Buxoro orqali Jiddaga raqobatbardosh narxlarda aviareyslar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


