O‘zbekistonliklar Fransiya uzumzorlarida ishlashga yuboriladi

O‘zbekistonliklar Fransiya uzumzorlarida ishlashga yuboriladi

O‘zbekiston fuqarolari Fransiyadagi uzumzor xo‘jaliklarida ishlashga jalb etiladi. Bu haqda tegishli tashkilotlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida ma’lum qilindi.

Dastlab, pilot loyiha asosida 50 nafar fuqaro yoz oylaridan boshlab ishga yuborilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, “ta’lim + ish” dasturi doirasida restoran sohasida faoliyat yuritish istagidagi yoshlar uchun Fransiyada o‘qish va ishlash imkoniyati yaratiladi. Bu orqali ishtirokchilar kasbiy bilim bilan birga amaliy tajriba ham orttiradi.
Nomzodlarni tanlash va ishga joylashtirish jarayonlari Sélect Recruiting Service orqali amalga oshiriladi.
Tomonlar kelgusida bandlik va migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish niyatida.
O‘zbekistonliklar Fransiya uzumzorlarida ishlashga yuboriladi | 12news