O‘zbekistonliklar Volkswagen zavodida ishlashga taklif etilmoqda

O‘zbekistonliklar Volkswagen zavodida ishlashga taklif etilmoqda

Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolari uchun Yevropada ish imkoniyatini e’lon qildi. Nomzodlar Volkswagen kompaniyasining Bratislava shahridagi zavodida ishga taklif etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ish haftasiga 5 kun bo‘lib, xodimlar ishlab chiqarish jarayonida operator sifatida faoliyat yuritadi. Oylik maosh 1000 dollardan boshlanadi va bajarilgan ish hajmiga qarab oshib boradi.
Vakansiya bo‘yicha talablar quyidagicha:
  • 20–45 yosh oralig‘idagi erkaklar
  • rus tilida erkin muloqot qila olish
  • ishlab chiqarish sohasida tajriba
O‘zbekistonliklar Volkswagen zavodida ishlashga taklif etilmoqda | 12news