O‘zini o‘zi band qilganlar ijtiyoriy ijtimoiy soliq to‘lab, budjet hisobidan ipoteka krediti olishi mumkin

O‘zini o‘zi band qilganlar ijtiyoriy ijtimoiy soliq to‘lab, budjet hisobidan ipoteka krediti olishi mumkin

Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 1-apreldan budjet resurslari hisobidan ajratiladi.

O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga endi budjet hisobidan ipoteka kreditlari ajratiladi. Bu imkoniyat Prezidentning 24-fevraldagi farmonida belgilangan bo‘lib, uy-joy qurilishini rag‘batlantirish, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini rivojlantirish va ipoteka tizimini takomillashtirish choralarini o‘z ichiga oladi.
Farmonning asosiy maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • Uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va uy-joyga bo‘lgan huquqni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • Ko‘p kvartirali uylar bozorida talabga muvofiq takliflarni oshirish;
  • Ko‘p kvartirali uylar qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblarini soddalashtirish, investitsiya-qurilish davrini 1,5 baravargacha qisqartirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlarni tanlash loyihalari qonunchilikda belgilangan mezonlarga mos bo‘lsa, ularga amaldagi tartib-taomillar va moliyalashtirish manbalari tatbiq etiladi.
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida yo‘l-transport infratuzilmalari loyihalari ishlab chiqishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejovchi uskunalar va muqobil issiqlik tizimlaridan keng foydalaniladi, shuningdek, “yashil” transport muhiti yaratiladi.
Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 1-apreldan budjet resurslari hisobidan ipoteka kreditlari quyidagi shartlarda ajratiladi:
  • 2026-yilda — oxirgi 1 yillik,
  • 2027-yilda — oxirgi 2 yillik,
  • 2028-yildan boshlab — oxirgi 3 yillik davr ichida ijtimoiy soliqni to‘lagan o‘zini o‘zi band qilganlar.
Shuningdek, “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ va “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ tajribasi asosida aksiyadorlik shaklida investitsiya kompaniyalari tashkil etiladi. Bu kompaniyalar tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi.
Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayoni “subsidiya.idm.uz” tizimi orqali avtomatlashtirilgan holda, inson omilisiz amalga oshiriladi.
O‘zini o‘zi band qilganlar ijtiyoriy ijtimoiy soliq to‘lab, budjet hisobidan ipoteka krediti olishi mumkin | 12news