Paynet 2025-yilda rekord darajada foyda ko'rdi

Paynet 2025-yilda rekord darajada foyda ko'rdi

Paynet kompaniyasi 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya sof foydasini sezilarli darajada oshirib, yilni 395 mlrd so‘m (31,5 mln dollar) foyda bilan yakunladi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 113 mlrd so‘mga yoki 40,3 foizga ko‘pdir. Kompaniyaning umumiy daromadi ham keskin o‘sib, 1 trln 743 mlrd so‘mga yetdi. Bu o‘sish 608 mlrd so‘mlik qo‘shimcha tushum hisobiga ta’minlangan.
Xarajatlar ham oshgan bo‘lib, ular 1 trln 291 mlrd so‘mni tashkil etdi. Xarajatlarning asosiy qismi — 980 mlrd so‘m — sotish xarajatlariga to‘g‘ri keladi. Ma’muriy xarajatlar 75 mlrd so‘mga, boshqa xarajatlar esa 236 mlrd so‘mga yetgan.
Shuningdek, kompaniya 2025-yilda 70,4 mlrd so‘m miqdorida daromad solig‘i to‘lagan.
Moliyaviy holatga nazar tashlansa, Paynet aktivlari yil davomida ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 1 trln 745 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘sish asosan kompaniyaning xususiy kapitali oshgani bilan bog‘liq.
Xususan, ustav kapitali keskin oshirilib, 10,5 mlrd so‘mdan 815 mlrd so‘mga yetkazilgan. Taqsimlanmagan foyda esa 415 mlrd so‘mga yetgan.
Shu bilan birga, kompaniya majburiyatlarini kamaytirishga ham erishgan — ular 494 mlrd so‘mgacha tushgan.
Mutaxassislar fikricha, bu natijalar Paynet’ning bozordagi pozitsiyasi mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.
Paynet 2025-yilda rekord darajada foyda ko'rdi | 12news