Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasi: arizalar 20-apreldan qabul qilinadi

Oliy malaka toifasiga yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya dasturiga arizalar 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlab qabul qilinadi.
Dasturga ko‘ra, davlat ipoteka krediti uchun boshlang‘ich badalning 25 foizini qoplab beradi.
Quyidagi talablar qo‘yiladi:
— nomzod belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos bo‘lishi;
— kamida 15 yillik pedagogik stajga ega bo‘lishi;
— oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi;
— ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika bo‘yicha ikkidan ortiq uy-joy bo‘lmasligi;
— kamida bitta tijorat banki talablariga mos keladigan ijobiy kredit tarixi bo‘lishi.
Ariza topshirish usullari:
— Davlat xizmatlari markazlari orqali;
— my.gov.uz portali;
— MyGov mobil ilovasi.
Ariza topshirishdan oldin OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni tijorat banklari tomonidan kredit tarixini tekshirish uchun foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lishi shart. Shuningdek, kredit tarixini olishga cheklov bo‘lmasligi kerak. Aks holda ariza rad etilishi mumkin.
Dasturda ishtirok etuvchi banklar quyidagilar: Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, BRB, Hamkorbank, Ipak Yo‘li banki, Ipotekabank, MKBank, OFB, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, O‘zmilliybank, O‘zSQB.