Poytaxtda yomg‘ir: 8-aprel kuni ob-havo tafsilotlari

8-aprel kuni respublikamiz hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Kunduzi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda esa tuman tushishi kutilmoqda. Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘ladi. Harorat odatda 10–15 daraja, ayrim joylarda esa 18–20 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida ham yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, havo harorati esa 12–14 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. 2000 metr balandlikdan yuqori hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Bu hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat esa 3–8 daraja atrofida bo‘ladi.