Qatar O‘zbekistondagi jarrohlar uchun “Oltin viza” taklif qilmoqda

Qatarda hamshiralik, qurilish, IT va telekommunikatsiya sohalarida yuqori talab mavjud.
2025 yil boshida Migratsiya agentligi ва Qatarning yirik davlat rekruting kompaniyasi “Jusour” o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolangandi. Bu kelishuv doirasida kompaniya bosh direktori Abdulhadi Bakhit Barkan O‘zbekistonga kelib, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev bilan Qatarga malakali kadrlarni jalb qilish jarayonlarini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda ma’lum qilinshicha, Qatarda hamshiralik, qurilish, IT va telekommunikatsiya sohalarida yuqori talab mavjud. Shuningdek, jarroh mutaxassislarga “Golden Visa” taqdim etilishi alohida qayd etildi.
Mehmonlar Qatarning “Tawzeef” raqamli platformasini Mиграция агентligining xorijdaish.uz platformasiga integratsiya qilish masalasini ham muhokama qilishdi. Joriy yilda DUTY-FREE savdo tarmog‘i va Qatar Airwayskompaniyasidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlar rezyumelari “Tawzeef” platformasiga yuklandi. Hozirda tanlangan nomzodlar suhbat bosqichidan o‘tmoqda.
Mehmonlar fikriga ko‘ra, Migratsiya agentligining xorijda ishlashga tayyorlash bo‘yicha tajribasi Qatar uchun ham samarali bo‘ladi.
Sizga yoqadi


