2025-yilda quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 210 mlrd so‘mga yaqin subsidiya berildi

2025-yilda quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 210 mlrd so‘mga yaqin subsidiya berildi

2025-yil davomida o‘z xonadoniga quyosh panellari o‘rnatib, ortiqcha elektr energiyasini davlat tarmog‘iga uzatgan 45 mingdan ortiq fuqaroga jami 209,2 mlrd so‘m subsidiya to‘lab berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yilning birinchi choragida subsidiya miqdori atigi 8,2 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuniga kelib ushbu ko‘rsatkich keskin oshgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, aholi o‘z uyiga o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortiqcha qismini davlatga sotishi mumkin. Buning evaziga har bir 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.
Manba: Soliq qo’mitasi
Manba: Soliq qo’mitasi
Hududlar kesimida subsidiyaning eng katta qismi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda to‘lovlar hajmi 55,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Eng kam subsidiya esa Andijon viloyatida qayd etilgan.
Ushbu havolada subsidiya qanday olinishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot keltirilgan.
2025-yilda quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 210 mlrd so‘mga yaqin subsidiya berildi | 12news