Ramazonda O’zbekistonda ehtiyojmand oilalarga 1 trillion so‘mdan ortiq yordam ajratiladi

Ramazonda 1 trillion so‘mdan ortiq yordam: ehtiyojmand oilalarga katta ko‘mak ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi arafasida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, bu yil Ramazon 19-fevraldan boshlanadi. Shu oyda kam ta’minlangan va yordamga muhtoj fuqarolarga 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Shundan 750 milliard so‘m “Vaqf” fondiga, 300 milliard so‘m esa Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali yo‘naltiriladi.
Bu pullar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi, nogironligi bor fuqarolarning davolanish va jarrohlik xarajatlari qoplab beriladi.
Shuningdek, mahallalarda yordamga muhtoj oilalarning aniq ro‘yxati tuziladi. Yordamlar hamma fuqaroga teng va adolatli yetkazilishi ta’kidlandi. Ramazon tadbirlarini esa ortiqcha dabdabasiz, tejamkorlik bilan o‘tkazish topshirildi.