Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni ortmoqda

Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni ortmoqda

2025 yil davomida O‘zbekistonga doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar orasida Rossiya va Qozog‘istondan kelgan fuqarolar yetakchi o‘rinni egalladi.

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida xorijdan jami 1 159 nafar shaxs O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Ularning eng katta qismi — 39,9 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Qozog‘istondan kelganlar ulushi 20,3 foizni, Tojikistondan kelganlar esa 10,3 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, Qirg‘izistondan ko‘chib kelganlar 4,3 foiz, Turkmanistondan esa 3,1 foizni tashkil qilgan. Qolgan 22,1 foiz boshqa davlatlardan kelgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida qaralganda, ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Toshkent shahrida joylashgan — 698 nafar. Toshkent viloyatiga 275 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga esa 101 nafar kishi ko‘chib kelgan.
Boshqa hududlarda ko‘rsatkichlar ancha past: Sirdaryo viloyatiga 24 nafar, Farg‘ona viloyatiga 14 nafar, Jizzax va Navoiy viloyatlariga 12 nafardan, Buxoro viloyatiga 11 nafar, Xorazm viloyatiga 7 nafar kishi ko‘chib kelgan. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida bu ko‘rsatkich 2 nafardan bo‘lsa, Namangan viloyatida atigi 1 nafarni tashkil etgan.
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni ortmoqda | 12news