San‘atkorlardan har bir to‘y yoki konsert uchun soliq undirilishi mumkin

San‘atkorlardan har bir to‘y yoki konsert uchun soliq undirilishi mumkin

O‘zbekistonda san’atkorlar uchun yangi soliq tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan loyihaga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab ijrochilar har bir to‘y va konsert uchun alohida soliq to‘lashi mumkin.
Yangi tartibga asosan, barcha xizmatlar Soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. San’atkorlar xizmat ko‘rsatgan joyi, sanasi va narxini ilovaga kiritadi va to‘lovni amalga oshirgach, elektron tasdiq shakllantiriladi.
2028-yil oxirigacha “bir xizmat — bir to‘lov” tamoyili amal qiladi. Agar xizmatlar ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilmasa yoki soliq to‘lanmasa, bu litsenziya talablarini qo‘pol buzish deb baholanadi.
2029-yildan esa daromad solig‘i shartnoma qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi va soliq jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi.
San‘atkorlardan har bir to‘y yoki konsert uchun soliq undirilishi mumkin | 12news