Soliq ilovasidan 1-2 yilda qancha pul jamg’arish mumkin? — to’rt qahramon hikoyasi

Bahrom Soliq ilovasi orqali 2 yilda 1,5 millionga yaqin pul jamg’ardi. Aziza, Madina va Shazod esa yarim million atrofida. Soliq ilovasi orqali qanday qilib cheklardan pul yig’ish mumkin? Bu savolga javobni bu to’rt qahramon hikoyalari orqali bilib olishingiz mumkin.
Bugungi kunda raqamlashtirish tez surʼat bilan rivojlanmoqda va moliyaviy savodxonligi yaxshi fuqarolar buni imkoniyatga aylantira olyapti. Soliq mobil ilovasi aynan shunday imkoniyatlardan biri — xaridlar uchun chek skanerlash orqali soliq “cashback”i olish mumkin. Ushbu maqolada sizga ilovaning nima ekani va qanday ishlashini ochib beramiz. Bunda bizga to’rt qahramon o’z hikoyalari bilan yordam beradi.
Soliq ilovasi — jamg’arishga kichik yordamchi
Soliq ilovasi nima
Soliq mobil ilovasi — fuqarolar va tadbirkorlar uchun moʻljallangan, soliq va moliyaviy masalalarni boshqarish imkonini beruvchi davlat ilovasi. Uni Google play market va App store orqali yuklab olishingiz mumkin.
Xaridlardan “cashback” olish imkoniyati
Ilovaning eng qiziqarli jihatlaridan biri — xarid qilganda olingan chekni skanerlash yoki QR kod orqali ro‘yxatdan o‘tkazish orqali pulni kichik qismini qaytarib olish (cashback) imkoniyati.
2022-yil 1-yanvardan boshlab xarid chekini «Soliq» mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga xarid summasining 1 foizi qaytariladigan bo’lgandi. Shundan beri fuqaorolar xarid cheklarini yig’ib soliq ilovasidan o’tkazib kelishadi. Bu yerda faqat ayrim mahsulotlar va xizmatlar uchun istisno holati mavjud: avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalari, kommunal va aloqa xizmatlari xaridi uchun bu imkoniyat qo’llanmaydi.
Toʻrt qahramon hikoyasi
Aziza 487 ming so‘m jamg‘argan
Aziza Buxoro viloyatida yashaydi. U ilovadan foydalanishni boshlaganidan beri o‘zi uchun kichkina qoida yasab olgan: “Chek olmasdan hech qayerdan chiqmayman”. Oziq-ovqat, kosmetika, transport terminali va hatto kichik nonvoyxona cheklarini ham ilovadan skanerlab borgan. 2 yil davomida yig‘ilgan cashback 480 ming so‘m atrofida bo‘ldi. Aziza bu summani yangi telefon uchun avans sifatida jamg‘arishda davom etmoqda.

Eng ko’p foizlar Bahromda
Bahrom Qashqadaryoda yashaydi. U va xotini do‘kon, dorixona yoki bozorga borganda har doim chek so‘rashni odat qilishgan. Cheklarni ilovaga kiritib borish natijasida 2 yil ichida 1.5 mln so‘mga yaqin cashback yig‘ilgan. Bahrom bu pulni yil oxiri bayram sovg‘alari va bolalar uchun kichik xursadchilik sovg’alariga sarflaydi. Uning fikricha: “Bu — katta daromad emas, lekin bu pulga ega bo’lmaslik, cheklarni shunchaki tashlab yuborish yoki sal erinchqolik qilish ham mumkin edi. Biz esa diqqatli bo’lishni va kichik bo’lsa ham mablag’ga ega bo’lishni tanladik”, -dedi u.

Madina ham chek yig’ishga “mukaksidan ketgan”
Madina — talabchan qiz. Ko‘pincha kichik-kichik xaridlar qiladi.
Lekin shuning o‘zi ham natija berdi. Masalan, kofe, do‘kondagi kundalik savdolargacha barchasining chekini yig’ishga odatlangan. U yashirmaydi, ba’zan yaqinlari, ota-onasi yoki do’stlari ham uning qiziqishiga qiziqib, unga o’z cheklarini berishgan paytlar bo’lgan. Natijada u ham 2 yil deganda 520 ming so‘m cashback yig‘ib qo’ydi. “Avvaliga arzimas tuyulardi, keyin qarasam, butun bir talabalik semestri kitoblariga yetadigan pul bo’libdi”, - dedi Madina.

Shahzodning bir yillik sarguzashti
Shahzod Navoiyda yashaydi. U ham “ashaddiy” chek yig’uvchilardan. Har bir xariddan chek olishga harakat qiladi. Ba’zan savdogarlar bilan tortishib ham qoladi. “Ha, ba’zan chek berishni istamaydigan yoki moslamasi buzilib qolgani sababli chek bera olmasligi aytgan sotuvchilar ham bor. Lekin men shunday vaziyatlarda ham chek berishlarini talab qilib turaveraman. Natijani esa o’zingiz ko’rib turibsiz”, - deydi u. Bundan tashqari, u ota-onasi bilan yahsaydi. Ularning yoshlari kattaroq bo’lgani uchun, Soliq ilovasini doim ham ishlatib yurishga xohishlari yo’q. Sh sababdan Shahzod uydagilarining xarid cheklarini ham o’zi skanerlaydi. Bu pulni u oilaviy sayohat fondi uchun yig’ayotganini qo’shimcha qildi.

Siz anday qilib boshlashingiz mumkin?
- “Soliq” ilovasini smartfoningizga yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
- Bank kartangizni bog‘lang, ilovadagi identifikatsiyani (agar kerak bo‘lsa) bajaring.
- Xarid qilganingizda chekni so‘rang va QR kodli yoki elektron chek bo‘lsa skanerlang.
- Xariddan so‘ng imkon qadar tezroq ilovaga yuboring — belgilangan muddat ichida.
- Bir-ikki oy davomida izchil qilinsa, yil oxirida siz ham kichik-kichik “jamg‘arma”ni qo‘lga kirita olasiz.
Soliq ilovasi – bu faqatgina soliq organlari bilan aloqada bo‘lish vositasi emas, balki xaridlaringizni “faydalanuvchi” jamg‘arma imkoniyatiga aylantirishga yordam beruvchi raqamli vosita hamdir. Siz oddiy xaridlar bilan ham, izchil tarzda chek skanerlash – ro‘yxatdan o‘tkazish orqali kichik-kichik summalardan jamg‘arma yaratishingiz mumkin. Aziza, Bahrom, Madina va Shahzod hikoyalari shuni ko‘rsatadiki — miqdori katta bo‘lmasa ham, izchillik va ongli xarid qilish natijasi sezilarli. Balki endi siz ham har xariddan keyin nima ish qilishim kerak edi hozir deb o’ylay boshlaysiz va beixtiyor qo’lingiz Soliq ilovasiga borib qolishi mumkin. Shunda xarid qilganingiz faqat xarajat bo‘lib qolmaydi, balki aqlli jamg‘arma vositasiga aylanadi.
Teglar:
#SoliqIlovasi #CashbackUz #Jamgʻarish #MoliyaviySavodxonlik #ChekYigʻish #Oʻzbekiston #PulJamgʻarish #SoliqApp #OsonPul #RaqamliHayot
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


