Startapingizni global bozorga olib chiqing – Hozir ro‘yxatdan o‘ting

2026-yil boshida Istanbulda boshlangan INMerge Roadshow endi Toshkentga yetib kelmoqda. 30-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi, Congress Hallda bo‘lib o‘tadigan INMerge Tashkent 2026 tadbiri Markaziy Osiyoning eng faol startaplari, investorlar va texnologiya sohasidagi yetakchilarini bir maydonda jamlaydi.
Tadbir innovatsiyalar, startap ekotizimlari va venchur investitsiyalari bo‘yicha tajriba almashish, transchegaraviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli g‘oyalarni real loyihalarga aylantirish uchun muhim platforma hisoblanadi. Tadbir PASHA Holding, IT Park Uzbekistan va O‘zbekiston Fintech Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Startaplar uchun noyob imkoniyatlar
INMerge Tashkent doirasida startaplar tanlovi ham o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari 30-aprel kuni investorlar, texnologik kompaniyalar va ekotizim vakillari oldida o‘z loyihalarini taqdim etadi. Birinchi o‘rinni egallagan startapga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- 2 dona startup chipta
- INMerge veb-sayti va mobil ilovasida logotip joylashtirish
- INMerge Founder Network hamjamiyati va afterparty tadbiriga kirish
- Standart stend va 2 mehmon uchun 3 kechalik turar joy
- Mehmonxona va tadbir hududi o‘rtasida bepul transfer
- Maxsus ijtimoiy tarmoq posti
- Bakudagi INBattle Competition tanlovida pitch qilish xarajatlari to‘liq qoplanadi
Shuningdek, yana ikki nafar sovrindor startap ham tadbir doirasidagi bir qator afzalliklardan bahramand bo‘ladi va Bakudagi tanlovda ishtirok etadi.
Panel sessiyalar va mutaxassislar fikrlari
Tadbirda startap pitchlari bilan bir qatorda mazmunli panel sessiyalar ham o‘tkaziladi. Jumladan:
- “Kundalik ekotizimlarni yaratish: mijozlar sayohati bo‘ylab mahsulotlar loyihalash” – mahsulotlarni mijoz tajribasi asosida shakllantirish va ekotizim yondashuvini muhokama qilish. Moderator: Nargis Dustmatova, panelda: Kevin Xanda (Uzum va KazanExpress) va Maksim Evdokimov (Bir Ecosystem).
- “Kapitalning o‘zi Raqamli Ipak yo‘lini qura oladimi yoki nimadir yetishmayaptimi?” – ragamli iqtisodiyot, investitsiya yondashuvlari va innovatsion ekotizimlarni shakllantirish masalalari. Panelda: Daler Nodirov (IT Park Ventures), Tugra Musayeva (PASHA Holding), Alim Xamitov (MOST Holding), Yagiz Karadeniz (DOMiNO Ventures).
Ro‘yxatdan o‘tish va muhim sanalar
- Startaplar uchun ariza topshirish muddati: 13-aprel
- Mehmonlar uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 29-aprel
- Tadbir sanasi: 30-aprel
- Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi, Congress Hall, Toshkent
Startaplar va investorlar uchun bu tadbir yangi imkoniyatlar, transchegaraviy aloqalar va global bozorga chiqish yo‘llarini ochadi.
- Startaplar uchun ariza: https://www.inmerge.az/inmerge-tashkent-2026/inmerge-tashkent-2026-startup-apply
- Mehmonlar uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://www.inmerge.az