Sud bekor qilgan jarimalar endi tez qaytariladi — yangi tartib qanday ishlaydi?

3 mingta korxona yopildi — sabab esa jarimalar. Endi esa tadbirkorlar uchun muhim yangilik bor: jarimaning yarmi bekor qilinishi mumkin.
O‘zbekistonda tekshiruvlardan keyin qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar sabab qariyb 3 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatgani aniqlandi. Bu holat biznesga ortiqcha bosim borligini ko‘rsatdi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotlar davomida jarima tizimini yengillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shundan so‘ng Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilib, muammolar tahlil qilindi.
Abdumannop Bo‘riyev ma’lum qilishicha, yangi takliflarga ko‘ra:
- agar tadbirkor jarimani bir oy ichida to‘lasa, uning 50 foizi bekor qilinadi;
- moliyaviy jarimalar endi “Yagona davlat nazorati” tizimi orqali nazorat qilinadi;
- sud qarori bilan asossiz deb topilgan jarimalar 15 kun ichida qaytariladi;
- mablag‘ kechiktirilsa, tadbirkorga kompensatsiya to‘lanadi.
Bu o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatiga bosimni kamaytirish va biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.