Telegram 2025-yilda 44 milliondan ortiq kanal va guruhni blokladi

Telegram messenjeri 2025-yil davomida platforma qoidalarini buzgan 44 milliondan ortiq kanal va guruhni blokladi.
Telegram messenjeri 2025-yil davomida platforma qoidalarini buzgan 44 milliondan ortiq kanal va guruhni blokladi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan qariyb 2,7 barobar ko‘p bo‘lib, messenjer tarixidagi eng yuqori natijalardan biri sifatida qayd etildi.
Telegram’ning rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, jami 44,085 million kanal va guruh o‘chirilgan. Eng katta bloklashlar to‘rtinchi chorakda amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu davrda 17,416 milliondan ortiq hamjamiyat faoliyati to‘xtatilgan. Bu raqam 2024-yil davomida bloklangan barcha kanallar va guruhlar umumiy sonidan ham yuqori.
Qaysi kontentlar eng ko‘p bloklangan?
2025-yilda Telegram quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratgan:
- Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallari:950 mingdan ortiq kanal va guruh bloklangan (+28 foiz)
- Terroristik mazmundagi kontent:234 mingga yaqin hamjamiyat o‘chirilgan (+66,6 foiz)
Bu Telegram’ning noqonuniy va xavfli kontentga qarshi kurashni keskin kuchaytirganini ko‘rsatadi.
Bir kunda 500 mingdan ortiq kanal o‘chirildi
2026-yil 1-yanvar kuni Telegram bir sutkada 543 mingga yaqin kanal va guruhni blokladi. Bu 2023-yil 1-dekabrdan boshlab kuzatuvlar olib borilayotgan davr ichida uchinchi marta bir kunda 500 mingdan ortiq hamjamiyat o‘chirilgan holat bo‘ldi. Avvalgi rekordlar 2024-yil noyabr oyida qayd etilgan edi.
Pavel Durov: shantaj va tovlamachilikka qarshi qat’iy choralar
Telegram asoschisi Pavel Durov 2025-yil davomida shantaj, tovlamachilik va shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish bilan shug‘ullangan kanallar faol ravishda bloklanayotganini ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, ayrim kanal administratorlari:
- tuhmatli postlar joylashtirigan;
- keyin ularni o‘chirish evaziga pul talab qilgan;
- hatto “himoya bloklari” deb nomlangan to‘lovlarni ham taklif qilgan.
Durov bunday holatlar bo‘yicha rad etib bo‘lmaydigan dalillar mavjudligini va shuning uchun ushbu kanallar qat’iy ravishda yopilayotganini ta’kidladi.
“Telegram shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish yoki tahdid qilish uchun platforma emas. Bunday kanallarni boshqarayotganlar klon yaratishga vaqt sarflamasin — baribir topiladi”, — dedi Durov.
Telegram’da xavfsizlik kuchaymoqda
Shuningdek, Telegram’da Passkey orqali avtorizatsiya qilish imkoniyati joriy etilishi ham ma’lum qilingan. Ushbu texnologiya foydalanuvchilarga:
- telefon raqami,
- SMS-kod kiritmasdan,hisobga xavfsiz kirish imkonini beradi.
Bu yangilik Telegram’ning 2025-yilda xavfsizlik va moderatsiya siyosatini keskin kuchaytirganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


