Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

Toshkent to‘y oshi rasmiy ravishda geografik ko‘rsatkich sifatida davlat reestriga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Geografik ko‘rsatkich — bu intellektual mulk obyekti bo‘lib, mahsulotning muayyan hududga tegishliligini hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida osh tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi esa oddiy taom emas, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari mujassam bo‘lgan murakkab jarayon sifatida qaraladi.
Mazkur reestrga kiritilish natijasida “Toshkent to‘y oshi” nomi va uni an’anaviy tayyorlash texnologiyasi huquqiy himoya ostiga olinadi.
Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi | 12news