Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi qanday tuziladi? — qonun talablari, tartib va jarimalar

O‘zbekistonda kvartira yoki boshqa turar joyni ijaraga berishda shartnoma tuzish — nafaqat huquqiy himoya, balki jarimalardan saqlanishning ham muhim sharti hisoblanadi. Quyida amaldagi qonunchilik asosida ijara shartnomasini tuzish tartibi, talablar va muhim jihatlar haqida batafsil tushuntirib beramiz.
Ijara shartnomasi nima?
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasiga ko‘ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki faqat foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Turar joy (kvartira) ijarasi ham shu tartibda amalga oshiriladi.
Shartnoma qanday shaklda tuziladi?
- Shartnoma yozma shaklda bo‘lishi shart
- Notarial tasdiq talab etilmaydi
- Maksimal muddat: 5 yilgacha
Shu bilan birga, shartnomada quyidagilar aniq ko‘rsatilishi kerak:
- ijaraga berilayotgan uy-joy manzili
- ijara muddati
- to‘lov miqdori
- ijaraga oluvchi bilan birga yashaydigan shaxslar ro‘yxati
Oila a’zolari bilan bog‘liq holatlar
Qonunga ko‘ra, shartnoma ijaraga oluvchi oila a’zolaridan biri nomi bilan tuzilishi mumkin. Agar ijaraga oluvchi vafot etsa yoki chiqib ketsa, shartnoma uyda qolgan oila a’zosiga rasmiylashtiriladi
Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish shartmi?
Ha, shartnoma davlat soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yilishi kerak.
Bu jarayon bepul amalga oshiriladi. onlayn tarzda ijara.soliq.uz portali orqali bajariladi.
Agar shartnoma umuman mavjud bo‘lmasa yoki soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, fuqarolarga nisbatan: BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima qo‘llaniladi
Ijaraga beruvchining majburiyatlari
Ijaraga beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
- yashash uchun yaroqli va bo‘sh uy-joy taqdim etish
- kommunal xizmatlardan foydalanish imkoniyati
- uyning umumiy mulki va kommunikatsiyalarining ta’miri
- uy-joydan faqat shartnomada ko‘rsatilgan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish
Jismoniy shaxslar uchun ijara haqining minimal stavkalari belgilangan, shuning uchun shartnomada ko‘rsatiladigan narx amaldagi me’yorlardan past bo‘lmasligi lozim.
Uy-joyni ijaraga berishda shartnomani albatta yozma shaklda tuzing. Uni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazing. Barcha shartlarni aniq va to‘liq kiriting
Bu orqali siz huquqiy muammolardan ortiqcha soliq xavflaridan jarimalardan saqlanasiz.