UZCARD avtomatik yechib olish qoidalarini yangiladi

2026-yil 15-apreldan boshlab UZCARD to‘lov tizimi kartalardan avtomatik (akseptsiz) yechib olish tartibini o‘zgartirdi.
Endilikda kreditlar va boshqa majburiyatlarni so‘ndirishda kartadagi barcha mablag‘ to‘liq yechib olinmaydi.
Yangi tartibga ko‘ra, foydalanuvchi kartasida kamida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari — 1 mln 236 ming so‘m — mablag‘ saqlanib qoladi. Bu esa foydalanuvchilarga kundalik xarajatlar uchun zarur minimal summani kafolatlaydi.
Shu bilan birga, agar foydalanuvchi istasa, qolgan mablag‘ni ham kredit to‘lovlariga yo‘naltirishi mumkin.
Mazkur o‘zgarishlar kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va boshqa moliyaviy majburiyatlar uchun amal qiladi. Shuningdek, bunday tartib yaqin orada HUMO to‘lov tizimida ham joriy etilishi kutilmoqda.