XPANCEO aqlli kontakt linzalarini namoyish qildi. Ular nimasi bilan farq qiladi?

XPANCEO ishlab chiqayotgan linzalar klassik AR ko‘zoynaklari va headsetlardan tubdan farq qiladi — ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zga taqiladi va foydalanuvchining nigohi bilan birga harakatlanadi.
Dubayda joylashgan XPANCEO startapi UnitedXR Europe ko‘rgazmasida aqlli kontakt linzalarning yangi prototiplarini namoyish qildi. Kompaniya hali tayyor mahsulotni bozorga chiqarmagan bo‘lsa-da, taqdim etilgan texnologiyalar uni AR (kengaytirilgan reallik) bozoridagi eng futuristik ishlanmalardan biriga aylantirmoqda.
XPANCEO ishlab chiqayotgan linzalar klassik AR ko‘zoynaklari va headsetlardan tubdan farq qiladi — ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zga taqiladi va foydalanuvchining nigohi bilan birga harakatlanadi.

An’anaviy AR qurilmalarda tasvir ma’lum bir ramka ichida ko‘rinadi. Kontakt linza esa ko‘z bilan birga harakatlanadi, shu sababli ko‘rish maydoni deyarli cheklanmaydi. Kelajakda bu texnologiya headset va aqlli ko‘zoynaklarga to‘liq muqobil bo‘lishi mumkin.

Yangi prototipda linza ichiga o‘rnatilgan mikrodispley mavjud bo‘lib, u matn va grafikalarni aniq ko‘rsatadi. Avvalgi modellar golografik displey asosida bo‘lgan bo‘lsa, hozir kompaniya bir nechta displey texnologiyasini parallel sinovdan o‘tkazmoqda.
XPANCEO linzalari uchun eng noodatiy yechimlardan biri — simsiz quvvat uzatish texnologiyasi. Linza tashqi, bosh yaqiniga joylashtiriladigan kichik qurilma orqali elektr energiyasi oladi. Bu batareyani linzaning o‘ziga joylashtirmasdan, uni uzoqroq ishlatish imkonini beradi.
Kompaniya astronavtlar uchun maxsus prototipni ham taqdim etdi. Ushbu linza kosmik shlem bilan ulanib, ma’lumotni bevosita ko‘zga chiqaradi. Bu qo‘lqopda ishlash qiyin bo‘lgan sharoitda planshet va sensorli ekranlardan foydalanish zaruratini kamaytiradi.
XPANCEO ma’lumotiga ko‘ra, barcha prototiplar 2026 yil oxiriga kelib birinchi to‘liq funksional kontakt linzaga birlashtirilishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng tibbiy sinovlar boshlana
Sizga yoqadi


