Yevropaga yo‘l ochildi: Litvada yuk mashinasi haydovchilari uchun ish o‘rinlari e’lon qilindi

O‘zbekistonlik haydovchilar uchun yana bir imkoniyat eshigi ochildi.
Migratsiya agentligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Litvada yuk mashinasi haydovchilari uchun yangi ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, ish joyi Litva hududida bo‘lib, yuk tashish faoliyati butun Yevropa bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu esa haydovchilar uchun nafaqat barqaror daromad, balki xalqaro tajriba orttirish imkonini ham beradi.
Mazkur ish o‘rinlariga qiziqish bildirgan nomzodlar uchun ayrim hududlarda maxsus imtihonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda ishtirok etish uchun nomzodlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar Yevropa davlatlarida qonuniy mehnat faoliyatini olib borish huquqiga ega bo‘lishadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar videomaterial orqali taqdim etilgan.