«Zveropolis 2» Gollivud tarixidagi eng kassabop animatsion filmga aylandi

«Zveropolis 2» animatsion filmi Gollivud tarixida rekord o‘rnatib, eng ko‘p daromad keltirgan multfilmga aylandi. Loyiha jahon prokatida 1,7 milliard dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
Film 2025 yil noyabr oyining oxirlarida katta ekranlarga chiqqan bo‘lib, qisqa vaqt ichida 1 milliard dollar daromad chegarasidan oshdi. Bu ko‘rsatkich uni PG reytingiga ega oilaviy filmlar orasida eng tez milliard yig‘gan loyiha sifatida tarixga kiritdi.
Shundan so‘ng «Zveropolis 2» «Frozen 2» («Muzlatilgan yurak 2») kabi boshqa mashhur gollivud animatsion filmlar natijalarini ortda qoldirdi. 2026 yil yanvar o‘rtalariga kelib filmning umumiy prokat daromadi 1,7 milliard dollarga yetdi.
Avvalroq ham «Zveropolis 2» bir qator rekordlarni qayd etgan bo‘lib, u Walt Disney Animation studiyasi tarixidagi eng kassabop film sifatida e’tirof etilgan.
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


