10-martdan boshlab metan zapravkalarga vaqtincha cheklov joriy etiladi

10-martdan boshlab metan zapravkalarga vaqtincha cheklov joriy etiladi

10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab O‘zbekistondagi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Energetika vazirligiga ko’ra, respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab keskin oshgan. Natijada magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilmoqda.
Bunday vaziyatda, avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Shu sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab respublika bo‘ylab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari hamda jamoat transporti uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz davom etadi.
Mutasaddilar yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘radi.
10-martdan boshlab metan zapravkalarga vaqtincha cheklov joriy etiladi | 12news