8-martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

O‘zbekistonda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ketma-ket uch kun dam olish kunlari bo‘ladi.
Qonunchilikka ko‘ra, 8-mart rasmiy bayram va dam olish kuni hisoblanadi. 2026-yilda ushbu sana yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Shu tariqa o‘zbekistonliklar 7-mart (shanba), 8-mart (yakshanba) hamda 9-mart (dushanba) kunlari ketma-ket dam olishadi.
10-mart, seshanba kunidan boshlab esa tashkilot va muassasalarda odatdagi ish tartibi tiklanadi.