9-11-mart kunlari O’zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

9-11-mart kunlari O’zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Keyingi hafta sovuq havo oqimi kirib keladi.

Oʻzgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 9–11 mart kunlari respublika hududi bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik nisbatan kuchli bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, ayrim hududlarda shamolning kuchayishi ham kutilmoqda.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, shimoliy hududlarda kechasi havo harorati –10 darajagacha pasayishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida esa kechalari –3 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Mutaxassislar aholini ob-havodagi o‘zgarishlarni inobatga olib, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
9-11-mart kunlari O’zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? | 12news