9-13-fevral kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta davomida kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha nam havo kuzatiladi. Mamlakat hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati kunduzi asosan +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida esa +8…+11 darajagacha pasayadi. Kechalari nisbatan +7…+10 daraja atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida +3…+6 darajagacha tushadi.
Respublika shimolida harorat kechalari −2…+3 darajadan −5…−10 darajagacha, kunduz kunlari +3…+8 darajadan 0…-5 darajagacha o‘zgarib turadi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 13−18 m/s gacha kuchayadi, 9−10-fevralda ayrim joylarda ba’zida 20−25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida dushanba kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi +14…+16 daraja bo‘ladi. 10−13-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduz kunlari asosan +11…+16 daraja bo‘ladi, 11-fevralda +8…+10 darajagacha pasayadi.
Harorat kechalari +8…+10 darajadan +3…+5 darajagacha o‘zgarib turadi. Shamol 3−8 m/s telikda esadi, vaqti-vaqti bilan 9−14 m/s gacha kuchayadi.