9-mayda o'zbekistonliklar necha kun dam oladi?

9-mayda o'zbekistonliklar necha kun dam oladi?

2026-yilda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ayrim xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

2025-yil dekabrida imzolangan prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda 9-may bayrami shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 11-may — dushanbaga ko‘chirildi.
Shunga ko‘ra, haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi:
  • 9-may, shanba — odatiy dam olish kuni;
  • 10-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni;
  • 11-may, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar uchun esa dam olish kunlari 2 kunni tashkil etadi:
  • 9-may, shanba — bayram munosabati bilan ishlanmaydigan kun;
  • 10-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.
Shunday qilib, dam olish tartibi xodimlarning ish haftasi turiga qarab farqlanadi.
9-mayda o'zbekistonliklar necha kun dam oladi? | 12news