Bugun metan zapravkalar 16:00 gacha ishlaydi

Bugun metan zapravkalar 16:00 gacha ishlaydi

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, 5-mart kuni metan zapravkalar soat 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi.

Farg‘ona viloyatida esa zapravkalar ish vaqti gaz bosimidan kelib chiqqan holda, hokimliklar bilan kelishilgan tarzda belgilanadi.
Vazirlikning izohiga ko‘ra, gaz bosimi pasaygan hollarda birinchi navbatda aholi, jamoat transporti va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz yetkazib berish ustuvor hisoblanadi. Shu sababli, metan zapravkalarining ishlash rejimi hududdagi gaz ta’minoti holati, bosim darajasi va iste’mol hajmiga qarab belgilanadi.
Bu choralarning vaqtinchalik ekanligi ta’kidlanib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi. Vazirlikning maqsadi — gaz resurslaridan oqilona foydalanish va aholiga barqaror ta’minot yaratishdir.
Bugun metan zapravkalar 16:00 gacha ishlaydi | 12news