Chiqindi xizmati qarzdorlarini ommaviy SMS-ogohlantirish boshlandi

15 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha chiqindi xizmati bo‘yicha shakllangan 9,3 milliard so‘mlik debitor qarzdorlik yuzasidan 118 646 abonentga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirish yuborilgan.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qilishicha, 15 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha chiqindi xizmati bo‘yicha shakllangan 9,3 milliard so‘mlik debitor qarzdorlik yuzasidan 118 646 abonentga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirish yuborilgan. Hozirda jarayon davom etmoqda.
Agentlikning bildirishicha, ogohlantirish qabul qilinganidan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, abonentning elektr energiyasi to‘lovi imkoniyatiga vaqtincha cheklov qo‘yilishi mumkin.
Mazkur tartib 2025 yil 1 iyuldan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun amal qiladi. Ayni tizim esa 2025 yil 1 noyabrdan boshlab oyma-oy qo‘llanib kelmoqda.
Shuningdek, agentlik chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifati bo‘yicha taklif hamda shikoyatlarni 24/7 rejimida 1205 qisqa raqamiga yo‘llash mumkinligini eslatdi.

