Dam olish kunlari ob-havo iliqlashadi, yog’ingarchilik kutilmaydi

23–24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida asosan yog’ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deya xabar beradi O‘zgidromet.
Juma kuni kun davomida va kechasi O‘zbekiston hududi sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati asosan kun davomida 0…-3°, shanbaga o‘tar kechasi esa -5…-8° atrofida bo‘ladi.
Shanba kuni sovuq antitsiklon O‘zbekiston hududidan chekinadi va sovuq havo massaslarining ta’siri asta-sekin zaiflashadi. Havo harorati kun davomida 0…+3° atrofida bo‘ladi.
Yakshanba kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi. Sovuq kechalar -3° dan -2° gacha iliqlashadi, kun davomida esa +5…+8° darajagacha isiydi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida juma kuni birinchi yarmida ayrim joylarda kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida shanba kuni ayrim joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg‘ir yoki qor) kuzatiladi.
25-yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari hududlarda biroz yog’ingarchilik bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. 24–25-yanvar kunlari ayrim hududlarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda esa 22–25 m/s gacha yetadi.
Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog’ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni esa asosan yomg‘ir ko‘rinishida biroz yog’ingarchilik kuzatiladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.

