Futbolchilar daromad solig‘idan ozod etiladi

1-apreldan boshlab Superliga va Proliga futbolchilariga soliq imtiyozi va klub moliyaviy qo‘llab-quvvatlash rejasi joriy qilinadi.
1-apreldan boshlab Superliga va Proliga futbolchilari jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lamaydi, ijtimoiy soliq esa 1 foiz etib belgilanadi. Bu 2029-yil 1-aprelga qadar etib belgilandi.
Shuningdek, Superligadagi 16 ta klubning har biriga 35 mlrd so‘mdan ajratilishi rejalashtirilgan.
Endi kamida 20% homiylik kiritgan tadbirkorlar federatsiya boshqaruviga kirishi yoki klubni boshqaruvga olishi mumkin.