Real tajriba: 26 ming va 6,5 ming so’mli grechkani qaynatganimizda qanday farq sezildi?

Arzon grechka uchun 6,490 so’mli "365 kun" brendining 900 gramli grechkasini tanladik. Qimmati uchun “Passim” brendining 800 gramli 25, 990 so’mli grechkasini oldik. Natija qanday bo'ldi?
Biz yana “Arzon va qimmat” ruknimizni davom ettiramiz. Bu safar nishonimizda grechka. Marketlarga kirsangiz, 1 kilo grechkaning narxlari 6,5 ming so’mdan 30 minggacha yozilganini ko’rasiz. Budjetingiz kamroq bo’lsa, “6,5 ming so’mlisining ta’mi ham juda katta farq qilmasa kerak” deb shuni olasiz. Lekin xayolingizdan bir marta bo’lsa ham 30 ming so’mli grechkani yeb ko’rish o’tgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu maqolada qimmat grechaka siz uchun qanchalik mos, uni sotib olmay to’g’ri qaror qilganmisiz yoki yo’qligini bilib olishngiz mumkin. Chunki biz marketlardan arzon va qimmat grechkalarni olib qaynatib ko’rdik.
Narxlar 4 barobar farq qiladi
“365” bredi
“Passim” brendi grechkasi
Oltoy’da yetishtirilgan. 100 g mahsulotdagi kaloriya — 308–350 kkal, oqsil – 12.6–13 g, yog‘ — 3–3.3 g, uglevodlar — 57–67 grammni tashkil qilgan.
Qaynatish jarayoni
Xom holatida grechkalardagi farqni bu rasmda ko’rishingiz mumkin. “Passim” brendi grechkasi donalari bir xil och jigar rangda, donlar ichida ortiqcha tosh yoki shunga o’xshagan mayda narsalar chiqmadi. Bir tekis, donlar yaxshi tozalangan.
“365” brendining mahsuloti rangi to’q jigarrang. Donlar rangi aralash, bir-biridan farq qiladi. ichida kichik toshlar chiqadi, uni pishirishdan oldin qayta yaxshilab yuvib, toshlardan ajratib olishingiz kerak.
Bittasi nisbatan tetik, bittasi ochilib ketdi
Qimmat grechka 10 minut qaynagandan keyin biroz ochilishni boshladi. Lekin o’z holatini nisbatan saqlab qoldi. Arzon grechka esa deyarli to’liq ochilib ketdi. Ko’rinishidan uzoq qaynagan grechkaga o’xshab qoldi. Brendlarning mazasi ham biroz farq qiladi. “Passim” grechkasini yeganingizda tomoqdan yumshoq o’tadi, “365” grechkasi esa biroz tomoqni qirishi mumkin. Biroq narx borasida 4 baribar farq qiladigan mahsulotlarning mazasi yoki qaynagandagi shakli bir-biridan 4 barobar farq qilmaydi.

Arzon grechka ham yomon emas
Oʻzbekiston bozoridagi arzon va qimmat grechkalarni solishtirib koʻrganimizda, narx farqi 4 barobar boʻlishiga qaramay, taʼm va pishirishdagi farqlar shunchalik sezilarli emas.
- Qimmat Passim grechkasi: donalari bir xil, tozalangan, pishganda biroz ochiladi, yumshoq taʼmga ega.
- Arzon 365 grechkasi: donlar rang-barang, ichida mayda toshlar mavjud, pishganda deyarli to‘liq ochiladi, biroz qattiqroq taʼm beradi.
Shunday qilib, qimmat va arzon grechka oʻrtasidagi narx farqi katta bo‘lsa-da, pishgan taʼm va tuzilishi farqi shunchalik sezilarli emas. Budjetingiz cheklangan boʻlsa, arzon grechkani tanlash ham oqilona qaror bo‘lishi mumkin.
Teglar: grechka solishtirish, Passim grechka, 365 grechka, arzon va qimmat grechka, Oʻzbekiston bozoridagi grechka, grechka taʼmi, grechka pishirish











