Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar 16-martdan boshlanadi: kimlar olishi mumkin?

Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar 16-martdan boshlanadi: kimlar olishi mumkin?

Ariza topshirish jarayonida OneID tizimida banklarga kredit tarixini tekshirish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi zarur. Agar kredit tarixini olishga cheklov qo‘yilgan bo‘lsa, ariza rad etilishi mumkin.

16-mart kuni soat 14:00 dan boshlab O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabuli rasman boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatima’lum qildi.
Arizalar ipoteka kreditlari uchun subsidiyalar ajratish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida qabul qilinadi. Fuqarolar arizani davlat xizmatlari markazlari orqali yoki my.gov.uz portali hamda myGov mobil ilovasi orqali yuborishlari mumkin. Harbiy xizmatchilar esa bevosita davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib ariza topshiradi.
Subsidiya olish uchun talabgor ijtimoiy mezonlar asosidagi baholash tizimida kamida 30 ball to‘plashi kerak. Shuningdek, uning kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi banklardan kamida bittasining ichki talablariga mos bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida mamlakat hududida mulk huquqi bilan rasmiylashtirilgan turar joy bo‘lmasligi talab etiladi. O‘rtacha oylik daromad ham belgilangan mezonlar doirasida bo‘lishi kerak.
Daromad hisob-kitobida talabgor o‘z xohishiga ko‘ra yaqin qarindoshlarining daromadlarini ham qo‘shishi mumkin. Daromad talablari hududlarga qarab belgilanadi:
  • Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — 3,431 mln so‘mdan 10,168 mln so‘mgacha;
  • Toshkent shahrida — 3,431 mln so‘mdan 11,693 mln so‘mgacha.
Ariza topshirish jarayonida OneID tizimida banklarga kredit tarixini tekshirish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi zarur. Agar kredit tarixini olishga cheklov qo‘yilgan bo‘lsa, ariza rad etilishi mumkin.
Dasturda quyidagi banklar ishtirok etadi: Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, Biznesni rivojlantirish banki, Hamkorbank, Ipak Yuli Bank, Ipotekabank, Mikrokreditbank, Orient Finans Bank, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, O‘zmilliybank hamda O‘zsanoatqurilishbank.
Avvalroq poytaxtda uy-joy bozoridagi narxlarni onlayn kuzatish imkonini beruvchi yangi tizim ham ishga tushirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar 16-martdan boshlanadi: kimlar olishi mumkin? | 12news