Maktablarga qabul sanasi e’lon qilindi: yangi tartib qanday?

Maktablarga qabul sanasi e’lon qilindi: yangi tartib qanday?

O‘zbekistonda umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayoni 20-iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida, 1-avgustdan 31-avgustgacha esa mikrohududdan tashqarida arizalar qabul qilinadi.
Joriy yilda qabul tizimi sezilarli darajada kengaytirildi. Davlat xizmatlari orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yilgan hududlar soni 64 tadan 135 taga yetdi. Shuningdek, tizimga ulangan maktablar soni ham 1 956 tadan 5 689 taga oshirildi.
Ota-onalar farzandlarini maktabga joylashtirish uchun my.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Davlat xizmatlari joriy etilmagan hududlarda esa qabul qilingan o‘quvchilar ma’lumotlari adm.maktab.uz tizimiga kiritiladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Shunga muvofiq, 2026–2027 o‘quv yili uchun 2019-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.
Maktablarga qabul sanasi e’lon qilindi: yangi tartib qanday? | 12news