Metan zapravkalar yana ochiladi

O‘zbekistonda metan zapravkalar 14-martdan bosqichma-bosqich ochiladi.
O‘zbekistonda metan zapravkalar 14-martdan boshlab bosqichma-bosqich faoliyatini qayta tiklaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, zapravkalarning aniq ish vaqti haqida qo‘shimcha ravishda alohida xabar beriladi.
13-mart kuni esa metan zapravkalar cheklangan tartibda ishlaydi. Ular faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transportlar hamda jamoat transportiga xizmat ko‘rsatadi.