Moskva ko‘chalarida yangi davr: kurerlar o‘rnini robotlar egallaydimi

Moskvada yaqin kelajakda yetkazib berish xizmatlarida katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Shahar ichki ishlar boshqarmasi rahbari Oleg Baranov ma’lum qilishicha, kurerlar o‘rnini bosishi kutilayotgan robotlar allaqachon taqdim etilgan.
Uning aytishicha, loyiha Yandex va Moskva hukumati bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Yaqinda poytaxt politsiyasiga aynan yetkazib berish xizmatlarini bajarishga mo‘ljallangan mobil robot komplekslari namoyish etilgan.
Baranov bu haqda Moskva shahar dumasida ichki ishlar organlarining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan hisobot berar ekan, hozircha asosiy e’tibor xavfsizlik masalalariga qaratilganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, robotlar “barcha uchun itoatkor va mutlaqo xavfsiz” bo‘lishi kerak. Shu sababli mutaxassislar ularning harakati va ishlash tizimini puxta sinovdan o‘tkazmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday robotlarning tezligi soatiga 3–5 kilometrni tashkil etadi. Bu esa ularning piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilariga xalaqit bermasligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.