My.gov.uz’da bank kartalari va SIM-kartalarni tekshirish, yopish imkoniyati paydo bo‘ladi

my.gov.uz orqali karta va SIM-kartalarni nazorat qilish imkoni yaratiladi.
2026 yil dekabrgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yangi qulay xizmat ishga tushiriladi.
Endi fuqarolar o‘z nomiga:
- nechta bank kartasi ochilgani
- nechta SIM-karta rasmiylashtirilgani
haqida ma’lumotni onlayn tarzda tekshira oladi.
Agar o‘ziga tegishli bo‘lmagan yoki keraksiz karta va raqam aniqlansa, ularni yopish uchun portal orqali onlayn ariza yuborish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yildan boshlab bir shaxs nomiga 20 tadan ortiq bank kartasi ochishga cheklov joriy qilingan. Bu tartib 2026 yilda ham amal qilmoqda va yana bir yilga uzaytirilgan.
Hozirda bank kartasini yopish uchun bankka borib, ko‘pincha oflayn ariza yozish talab etiladi. Yangi tizim esa bu jarayonni ancha oson va tezkor qiladi.