O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh internetini sinovdan o‘tkazadi

O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh internetini sinovdan o‘tkazadi

Chekka hududlar uchun yangi davr: sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushadi.

O‘zbekiston 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh internetini sinov tariqasida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, so‘nggi yillarda internet qamrovi 41 foizdan 99,5 foizgacha oshgan. Endi esa asosiy e’tibor — chekka hududlarni tezkor internet bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Shu maqsadda sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari joriy etiladi va operatorlar uchun maxsus soliq imtiyozlari beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, 2026-yildan boshlab yuqori tezlikdagi internetni ta’minlaydigan operatorlar ish boshlashini bildirgan. Ular 5 yil davomida asosiy soliqlardan ozod qilinadi.
Qiziqarli jihati — O‘zbekiston bu borada Amazon’ning Kuiper loyihasi bilan hamkorlikni boshlagan. Shu bilan birga, mintaqada SpaceX’ning Starlink tizimi allaqachon ishga tushmoqda.
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh internetini sinovdan o‘tkazadi | 12news