Oʻzbekistonda 1 dollarga qanday nonushta qilsa bo’ladi – Milliy retseptlar

Quyida 1 dollar (taxminan 12 000 soʻm) limitida oila uchun eng mos va foydali 5 xil oʻzbekcha nonushta retseptlari keltirilgan. Har biri uglevod, yogʻ va oqsilga boy bo‘lib, uzoq vaqt davomida quvvat, qorinni to’q tutadi.
Oʻzbekiston sharoitida, dollar kursining oʻzgaruvchanligiga qaramay (taxminan 12 000 soʻm atrofida), mahalliy va arzon mahsulotlar yordamida toʻyimli va mazali nonushta tayyorlash mutlaqo mumkin. Ayniqsa, dehqon bozorlaridagi arzon narxlar bu imkoniyatni yanada oshiradi. Nonushtalarni shahar va qishloq sharoiti bilan taqqoslab saralab chiqamiz.
Eng ommabop tuxum va non
Oʻzbekistonda eng ommalashgan va eng arzon nonushta turi bu tuxum. Uni ming ko’yga solib taom tayyyorlasa bo’ladi. Xohlasangiz o’zini yog’ga qovurung, xohlasangiz, suvga solib qaynating, xohlasangiz nonni tuxum bilan aralashtirib yog’ga tashlab oling. Taxminiy nonushta mana bunday:
- 1 dona tuxum (qovurilgan yoki pishirilgan)
- ½ dona oddiy non (yoki 1 boʻlak obi non)
- Bir choy qoshiq sariyogʻ/margarin
- 1 chashka qora yoki koʻk choy
O’rtacha narxi:
3ta tuxum: ~6000 ming soʻm
Non: ~3500 soʻm
Choy va mayda xarajatlar: ~1 000 soʻm
Jami: 10,500 soʻm
Albatta yoniga ko’katlar, pomidor va salat tayyorlasangiz yana 10 ming qo’shishingizga to’g’ri keladi.
2. Qishloq hududlariga xos nonushta
Ko’p qilloq hududlarida chorva mollari bo’lgani uchun sariyog’li sut – shirchoy eng to’yimli va sevib iste’mol qilinadigan taom hisoblanadi. Yarim list sut va patir bu nonushtani takrorlanmas qiladi.
Tarkibi:
- Yarim litr sut
- Bir choy qoshiq choy
- Bir qoshiq sariyog’
- Yarimta patir
O’rtacha narxi:
Yarim litr sut -5000 so’m
Bir choy qoshiq choy - 1000 so’m
Bir qoshiq sariyog’ – 1000 so’m
Yarimta patir- 5000 so’m
Jami: 3 500–4 500 soʻm
Eslatma: Sut mahsulotlari Oʻzbekistonda arzon va sifatli bo‘ladi.
Energiya beruvchi nonushta
Yoz va kuz mavsumida vitaminlarga boy, quvvat beruvchi nonushta ayni muddao. Ertalabdan salqin mevalarni yeyishni xohlaydiganlar bu tanlovni qilishlari mumkin.
Tarkibi:
- 1 dona meva (olma, xurmo yoki uzum shingili)
- 2ta somsa yoki perashki
- Choy
O’rtacha narx
Meva: ~2 000–3 000 soʻm
Pishiriq: ~6000- 8000 soʻm
Jami: 11-112 ming soʻm
Afzalligi: Hatto eng qimmat retsept ham $1dan oshmaydi.
Qayta ishlangan nonushta (qaymoq/sariyogʻ va yanchilgan non)
Buni oldingi kundan qolgan mahsulotlarni ishlatishga moʻljallangan amaliy yechim sifatida ko’rishingiz mumkin. Chunki uyda doim ham yetarli mahsulot topilmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda sizga bir kun oldingi mahsulotlar yordamga keladi. Bu nonushtaning nomini “qora choy” ham deyishadi. Suvni qaynatasiz, ichiga qora choy solib yana qaynatasiz, biroz tuz va sariyog’ solasiz, qotgan nonlarni solasiz. Kosaga solib yoniga yong’oq yoki boshqa quruq mevalarni qo’ysangiz bo’ladi. Kun davomida sizni to’q tutadi.
- 1 choy qoshiq qaymoq yoki sariyogʻ
- Qoldiq yoki yanchilgan non
- Choy
O’rtacha narx:
Qaymoq/yogʻ: ~2000-7000 soʻm
Non: ~3500 soʻm
Yong’oqlar -5000 soʻm
1$ga O’zbekistonda nonushta qila olish nega haqiqatga yaqin?
Dehqon bozorlarida non, tuxum, sut mahsulotlari va sabzavotlar do‘konga nisbatan ancha arzon. Yoki yo’l bo’ylarida sotiladigan tez tayyor bo’ladigan somsalar ko’pchilik uchun ertalabki yoqimli nonushtaga aylanib ulgurgan. Chunki ertalab hamma ishga yoki o’qishga shoshadi, bu esa nonushtani o’tkazib yuborishga sabab bo’ladi ba’zan. Shuning uchun kamroq pulga ham tezkor nonushta qilishga imkon bo’ladi.
Shunday qilib, Oʻzbekistonda $1 (12 000 soʻm) limitida toʻyimli, mazali va hamyonbop nonushta tayyorlash uchun haiqatdan ham imkoniyat bor.
Teglar: #1 dollar nonushta #arzon nonushta #hamyonbop ovqat #oʻzbekcha nonushta