O‘zbekistonda 26-yanvar — 1-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

26-yanvardan 1-fevralgacha O‘zbekistonda nam va biroz sovuq ob-havo saqlanib turadi. Haftaning asosiy yog‘inli kunlari — seshanba va chorshanba.
O‘zgidromet” hamda xalqaro ob-havo markazlari prognozlari asosida tuzilgan haftalik sharhga ko‘ra, 26-yanvardan 1-fevralgacha O‘zbekistonda nam va biroz sovuq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gazeta.uz sharhini e’lon qildi. Haftaning asosiy yog‘inli kunlari — seshanba va chorshanba.
26-yanvar, dushanba
Haftaning eng sokin va nisbatan iliq kuni bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Qoraqalpog‘iston, Navoiy viloyati shimoli va tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi Shimol va tog‘larda: +2…+4°, Vodiy viloyatlarida: +7°, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida: +10° va Janubda: +12° gacha bo’ladi.
Kechasi Shimol va tog‘larda: −7…−12°, Boshqa hududlarda: +2…−3°, Shimol, vodiy va tog‘larda yaxmalak kuzatilishi mumkin.
27-yanvar, seshanba
Respublikaga sovuq va nam havo oqimlari kirib keladi. Respublika bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘ishi boshlanadi. Shimoliy hududlarda kunduzi ham harorat 0° dan past bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor bo‘ronlari ehtimoli bor. Kechasi deyarli barcha hududlarda manfiy harorat kuzatiladi. Asosiy yog‘inlar aynan shu kunda boshlanadi
28-yanvar, chorshanba
Haftaning eng noqulay ob-havo sharoitiga ega kuni. Respublika bo‘ylab kuchli qor va yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. Ayrim hududlarda ikki kunlik yog‘in miqdori 30 mm gacha yetishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor bo‘ronlari, avtomobil yo‘llarida qor uyumlari, tirbandliklar, harakat cheklanishi ehtimoli mavjud. Qor yuki sabab daraxtlar qulab tushishi xavfi bor
29-yanvar, payshanba
Qisqa muddatli nisbiy tanaffus kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kamayadi. Harorat past darajada saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda tuman va yaxmalak ehtimoli mavjud. Antitsiklon ta’siri kuchaya boshlaydi.
30-yanvar, juma
Biroz sovuq, ayrim hududlarda yog‘in ehtimoli bor. Ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Janubiy viloyatlarda ham kunduzi harorat +5° dan oshmaydi. Kechasi shimolda harorat −13° gacha pasayishi mumkin. Yirik shaharlarda inversiya sabab havoning ifloslanishi ortishi ehtimoli bor
31-yanvar — 1-fevral, dam olish kunlari
Navbatdagi nam havo oqimi kirib keladi. Ko‘p bo‘lmagan yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Ob-havo sovuq va nam bo‘lib qoladi. Sog‘liq uchun nisbatan qulayroq kunlar hisoblanadi

