O‘zbekistonda 27-mart kuni ob-havo: ba’zi hududlarda chang-to‘zon kutilmoqda

O‘zbekistonda 27-mart: ba’zi hududlarda chang-to‘zon, tog‘larda yomg‘ir xavfi bor.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 27-mart, juma kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Kechasi 13–15°, kunduzi 27–29° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik yo‘q. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s tezlikda esib, chang-to‘zon keltirishi mumkin. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 27–32° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda havo shunga o‘xshash, shamol sharqdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s kuchayadi. Kechasi 12–17°, kunduzi 27–32° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 25–30° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s tezlikda esadi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 27–32° iliq.
Andijon, Namangan va Farg‘onada shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 23–28° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik yo‘q. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 13–18° iliq.
O‘zgidrometning xabar berishicha, 28–30-mart kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganligi sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel va suv toshqini xavfi mavjud.