O‘zbekistonda 5 gramm oltin birinchi marta 9 mln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda 5 gramm oltin birinchi marta 9 mln so‘mdan oshdi

12-yanvar, dushanba kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord darajaga yetdi.

12-yanvar, dushanba kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord darajaga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir gramm oltin 1 802 000 so‘m bo‘lib, bu o‘tgan jumaga nisbatan 2% dan ortiq oshishni tashkil etdi.
Shu bilan birga, og‘irligi 5 gramm bo‘lgan oltin quyma ilk marotaba 9 010 000 so‘mga baholandi. Oltin quymalarning sotish va qayta sotib olish narxlari o‘rtasidagi farq esa 3,88% atrofida shakllanmoqda.
Jahon bozorida ham oltin narxi oshishda davom etmoqda. 12-yanvar kuni oltinning jahon kotirovkalari bir troya unsiyasi uchun $4 580 dan ortiqni tashkil etdi.
Markaziy bank 2026-yildan boshlab o‘lchovli oltin quymalarining qaytarib sotib olish narxlarini ham e’lon qilishni boshladi. Avval faqat sotuv narxlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ularni qayta sotib olish narxlarini ham kuzatish mumkin. Narxlar quymaning qadog‘i holatiga qarab belgilanadi.
Shuningdek, avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket besh oy davomida yangi rekordlarni qayd etgani ma’lum bo‘lgandi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari rekord darajadagi $66,31 mlrdga yetdi.
O‘zbekistonda 5 gramm oltin birinchi marta 9 mln so‘mdan oshdi | 12news