O'zbekistonda 9-yanvar ob-havo qanday bo'ladi?

O'zbekistonda 9-yanvar ob-havo qanday bo'ladi?

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 9-yanvar kuni (8-yanvar soat 20:00 dan 9-yanvar soat 20:00 gacha) O‘zbekiston hududida asosan quruq va o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi.

Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Bu haqda O'zgidrometxabar berdi.

Toshkent shahri

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi 9–11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Kechasi havo harorati 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Bu hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Vodiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
O'zbekistonda 9-yanvar ob-havo qanday bo'ladi? | 12news