O‘zbekistonda bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

Bugun, 13-yanvar, seshanba kuni O‘zbekistonda iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi.
O‘zgidromet ma’lumotlarigako‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kunduzi havo harorati +15…+18 daraja, kechasi esa +1…+6 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda ertalab havo salqin bo‘lishi mumkin, biroq kun davomida iliq ob-havo saqlanib turadi.
Toshkent shahrida bugun yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Poytaxtda kechasi havo harorati +3…+5 daraja, kunduz kuni esa +15…+18 darajagacha ko‘tariladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, haftaning ikkinchi yarmidan boshlab ob-havo o‘zgarib, yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Bugun esa ochiq va qulay ob-havodan unumli foydalanish mumkin.
Teglar:
Bugungi ob-havo, O'zbekistonda bugun ob-havo, 13-yanvar ob-havo, ob-havo prognozi

