O‘zbekistonda E-logistika raqamli platformasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda E-logistika raqamli platformasi ishga tushirildi

Yangi platforma orqali yuk tashish va logistika xizmatlari to‘liq raqamlashtiriladi.

O‘zbekistonda yuk tashish jarayonlari endi yagona raqamli tizim orqali boshqariladi. Savdo-sanoat palatasi ma’lum qilishicha, mamlakatda E-logistika raqamli platformasi ishga tushirildi.
Yangi platforma orqali yuk tashish va logistika xizmatlari to‘liq raqamlashtiriladi. Bu esa buyurtma berish, tashishni tashkil etish va yukni qabul qilish jarayonlarini ancha soddalashtiradi.
Loyiha Prezident farmoniga asosan ishlab chiqilgan. Uning asosiy maqsadi — logistika xarajatlarini kamaytirish, yuk yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hamda xizmatlar sifatini oshirish.
Hozirda platformadan bozor ishtirokchilari — yuk jo‘natuvchilar, tashuvchilar va yukni qabul qiluvchilar foydalanishi mumkin.
O‘zbekistonda E-logistika raqamli platformasi ishga tushirildi | 12news