O'zbekistonda fuqarolar plastik kartasini onlayn ochtirishi mumkin bo'ladi

Endi fuqarolar bankka shaxsan bormasdan, Yagona davlat xizmatlari portali (MyGov.uz) orqali internet orqali bank kartasini ariza qilib, ro‘yxatdan o‘tish va ochish imkoniga ega bo‘ladilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasida erishilgan natijalar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda elektron davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish rejalari muhokama qilindi. Shu jumladan, raqamli xizmatlar sonini 900 tagacha oshirish, MyGov.uz mobil ilovasining funksionalini kengaytirish, 50 tadan ortiq xizmatlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, aholining yagona reyestrini yaratish, tadbirkorlik subyektini ochish va yakka tartibdagi tadbirkorlik xodimlarini hisobga olish, bank plastik kartasi ochish, sim-karta olish, sug‘urta va reklama xizmatlarini raqamlashtirish kabilar ko'rib chiqildi.
Hozirgi kunda kichik superkompyuter ishga tushirilgan, katta superkompyuterni xarid qilish va ishga tushirish ishlari faol davom etmoqda.
Loyihalar doirasida 15 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi, sohaga oid mutaxassislarning salohiyati oshadi va mahalliy SI yechimlarini yaratish imkoniyatlari yaratiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududlarida data-markazlar tarmog‘ini kengaytirish, ma’lumotlar xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Internet tezligi va qamrovi yildan-yilga oshayotgani, mobil aloqa xizmatlari sifati yaxshilanganligi ta’kidlandi.
2026-yilda 5G texnologiyasini joriy etish, aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olishh, sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanishni kengaytirish reja qilingan.
Prezident Mirziyoyev raqamli texnologiyalar iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, davlat boshqaruvini yaxshilash va aholi hayoti sifatini yaxshilashga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Prezident Mirziyoyev raqamli texnologiyalar iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, davlat boshqaruvini yaxshilash va aholi hayoti sifatini yaxshilashga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

