O‘zbekistonda ilk to‘liq metrajli 3D animatsion film tayyorlandi

Markaziy Osiyoda birinchi marta bola kontentini rivojlantirish markazi to‘liq metrajli 3D animatsion film “Sehrlandiya: Qahramonlik missiyasi”ni yaratdi.
Filmning premyerasi yaqin orada, dekabr oyida bo‘lib o‘tadi. Multfilm bolalarga zamonaviy, mazmunli va qiziqarli kontent taqdim etishni maqsad qilgan bo‘lib, uni mahalliy mualliflar yaratgan. Hikoya do‘stlik, jasorat va yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash haqida.
Shuningdek, YouTube’da taniqli shou-biznes vakillari ishtirokidagi soundtrackni ham tinglash mumkin.

